Axborot-mafkuraviy tahdidlarga qarshi ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot asosida kurashish imkoniyatlari
Ilhom Abdixalilovich SUVANOV Falsafa fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada axborot-mafkuraviy tahdidlarga qarshi ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot asosida kurashish imkoniyatlari ilmiy tahlil etilgan. Shuningdek, ma’naviy targ‘ibotda keng qamrovlilik, uzluksizlik, bosqichma-bosqichlik, me’yoriylik, shaxsiy ibrat singari tashkiliy tamoyillarga amal qilingan taqdirdagina ko‘zlangan samaraga erishish mumkinligi haqidagi fikrlar yoritilgan.
Tayanch so‘zlar: axborot-mafkuraviy tahdidlar, dunyoqarash, tahdid, tahlil, mafkura, targ‘ibot, ta’lim-tarbiya, g‘oyaviy tarbiyalash, keng qamrovlilik, uzluksizlik, bosqichma-bosqichlik, me’yoriylik, shaxsiy ibrat.