Avstriya xalqaro bitimini imzolashdan bosh tortdi
Avstriya dekabr oyida Marokashdagi konferensiyada qabul qilinuvchi BMTning muhojirlik boʻyicha xalqaro bitimini imzolashdan bosh tortdi
Avstriya dekabr oyida Marokashdagi konferensiyada qabul qilinuvchi BMTning muhojirlik boʻyicha xalqaro bitimini imzolashdan bosh tortdi.
Rasmiy Vena bitimda muhojirlik masalalariga yechim topilmagan va buAvstriya milliy mustaqilligiga tahdidni vujudga keltiradi, deb hisoblaydi.
“Biz bitimga qoʻshilmaslikka qaror qildik”, deydi Avstriya kansleri Sebastyan Kurs ORF radioga bergan intervyusida.
Reuters maʼlumotiga koʻra, Avstriya vitse-kansleri Xayns-Kristian Shtraxe fikricha, bu bitim qonuniy va noqonuniy muhojirlik orasidagi farqni yoʻqqa chiqaradi. Shuning uchun Avstriya bu borada mustaqil yoʻl tutadi.