Aviachiptadan foydalana olmagan bo‘lsangiz...
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining «Ishonch telefoniga» Navoiy shaharida yashovchi fuqaro J.X murojaat qilib, Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi aviakassadan "Toshkent/Istambul/Istambul Budapesht" yo‘nalishiga sherigi O.G‘ bilan 10.500.000 so‘mdan 21.000.000 so‘mga chipta sotib olgan.
10 fevral kuni O.G‘ ayrim sabablarga ko‘ra aviachiptadan foydalana olmasligini aytib, uni bekor qilishlarini so‘ragan. Aviakassa xodimlari fuqaro O.G‘ning aviachiptasini bekor qilish o‘rniga murojaat muallifi J.Xning qaytish chiptasini bekor qilib qo‘ygan.
Natijada J.H Budapesht/Toshkent yo‘nalishi uchun o‘z yonidan 15.889.000 so‘m mablag‘ sarf qilib qaytib kelgan. Ushbu murojaat yuzasidan Federatsiyaning Toshkent shahar hududiy birlashmasi mutaxassislari jamoatchilik asosida kuzatuv o‘rganish ishlari olib borib, o‘rganish yakuni bo‘yicha fuqaro J.Xga 15.889.000 so‘m mablag‘ni undirib berishdi.
Hurmatli iste’molchi, Agarda sizning huquqlaringiz buzilsa 1091 ishonch telefoni va @PotrebitelUz_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.