“Aston Villa” PSJning 18 yoshli futbolchisini 55 million yevroga sotib olmoqda
O‘tgan mavsumda esa senegallik vinger barcha musobaqalarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.
“Aston Villa” PSJning 18 yoshli vingeri Ibrohim Mbaye transferi bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Angliya klubi senegallik futbolchi uchun 55 million yevro to‘laydi. Ayni paytda tomonlar transferni rasmiylashtirish va zarur hujjatlarni tayyorlash jarayonini yakunlamoqda.
Mbaye 2018-yilda PSJ akademiyasiga qo‘shilgan. U 2024-yilda, 16 yoshida Parij klubining asosiy jamoasida debyut qilgan. Yosh futbolchi PSJ safida jami 42 ta uchrashuvda 4 ta gol urib, 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.
O‘tgan mavsumda esa senegallik vinger barcha musobaqalarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.
Mbaye Senegal terma jamoasi bilan JCh-2026da ham ishtirok etdi. U turnirda to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, guruh bosqichida Fransiya darvozasini ishg‘ol qildi.
Senegal mundialning 1/16 finaliga qadar yetib bordi va ushbu bosqichda Belgiyaga qo‘shimcha bo‘limlarda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.