ASKUE tizimi qayta ishga tushiriladi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 27 yanvar kunidan boshlab elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) qayta ishga tushiriladi.
Mazkur tizimning qayta ishga tushirilishi orqali qarzdorlik tufayli xonadonlarda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar oldi olinadi. Ya’ni iste’molchilar foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lov tizimlari orqali uydan chiqmasdan turib to‘lovlarni amalga oshirishlari uchun imkoniyat yaratiladi.
Qarzdorligi mavjud iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, anomal sovuq kunlarda iste’molchilarning elektr energiyasi uchun qarzdorligi bo‘yicha tarmoqdan uzish vaqtincha to‘xtatilgan edi.
O‘zA