Arshavin Ronalduni Portugaliya terma jamoasining muammosi deb atadi
Arshavinning soʻzlariga koʻra, Jahon chempionati boshlanishidan oldin ham Ronalduning oʻz terma jamoasi uchun muammoga aylanishi aniq edi.
Londonning "Arsenal" klubi sobiq futbolchisi Andrey Arshavin portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning milliy terma jamoaga koʻrsatayotgan taʼsiri haqida oʻz fikri bilan oʻrtoqlashdi.
Arshavinning soʻzlariga koʻra, Jahon chempionati boshlanishidan oldin ham Ronalduning oʻz terma jamoasi uchun muammoga aylanishi aniq edi.
"Agar tarkibga ismlar boʻyicha qaraydigan boʻlsak, u yerdagi jamoa fransuzlar va ispanlarnikidan qolishmaydi. Biroq Ronalduning jamoadagi oʻrni va taʼsiri oʻta yuqori boʻlgani holda, uning markaziy hujumchi pozitsiyasidagi foydali ish koeffitsiyenti juda past", — dedi Arshavin.
Shu bilan birga, ekspert agar Ronalduning oʻzi jamoaning oʻyiniga xalaqit berayotganini tushunib yetsa, vaziyat ijobiy tomonga oʻzgarishi mumkinligini ham istisno qilmadi.
Jahon chempionatining 1-turida Portugaliya Kongo DR terma jamoasini magʻlub eta olmadi va uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Portugaliyaliklarning guruhdagi navbatdagi oʻyini Oʻzbekiston terma jamoasiga qarshi boʻlib oʻtadi.