Arnasoyning zamonaviy poyabzallari
Jizzax viloyati Arnasoy tumanida yiliga 200 ming juft poyabzal ishlab chiqarish quvvatiga ega “Arnasoy poyabzal” masʼuliyati cheklangan jamiyatida 30 kishining bandligi taʼminlandi.
Jizzax viloyati Arnasoy tumanida yiliga 200 ming juft poyabzal ishlab chiqarish quvvatiga ega “Arnasoy poyabzal” masʼuliyati cheklangan jamiyatida 30 kishining bandligi taʼminlandi.—Prezidentimizning charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish hamda eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori zamon talablariga mos ishlab chiqarish korxonalari barpo etishimizga turtki boʻldi, - deydi ushbu MCHJ ish boshqaruvchisi Shamshod Mahmudov. — Xorijdan charm terini bichish va tikish, presslash va pardozlash,
tagcharmlarni qoʻyish ishlarini bajarishga moʻljallangan zamonaviy texnologiyalar keltirib oʻrnatdik. Mahsulotga kun sayin talab ortmoqda. Hali oldinda qilinadigan ishlar koʻp. Shulardan biri tuman markazida shoxobcha ochishdir.

