Argentina Zambiyaga imkon qoldirmadi
1-aprel tongida Buenos-Ayresdagi (Argentina) "Bombonera" stadionida Argentina va Zambiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakunlandi. Mezbonlar bahsda 5:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
G‘oliblar safida hujumchilar Xulian Alvares, Lionel Messi, yarim himoyachi Valentin Barko, shuningdek, himoyachi Nikolas Otamendi (penaltidan) o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishdi. Yana bir golni Dominik Chanda o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi.
AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan JCh-2026 da argentinaliklar "J" guruhida ishtirok etishadi. Ularning raqiblari Jazoir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalari bo‘ladi. Ushbu kvartetning barcha o‘yinlari AQSH hududida bo‘lib o‘tadi.