Arbag‘ishliklar uchun munosib tuhfa
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga bo‘lgan e’tibor tufayli olis hududlarda ta’lim muassasalari tubdan yangilanib, zarur sharoitlar yaratilmoqda. Buni Namangan viloyati Chortoq tumani Arbag‘ish mahallasidagi «Umid yulduzlari» nomli 29-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti misolida ko‘rishimiz mumkin.
[gallery-10657]
Bu yerda avvalgi moslashtirilgan bino o‘rnida 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi asosida 4,5 mlrd so‘m hisobiga qurib bitkazilgan 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti mahalla ahli uchun munosib tuhfa bo‘ldi.
Ta’lim maskanining ochilish marosimida tuman hokimligining mutasaddi rahbarlari, tegishli tashkilotlar boshliqlari, nuroniylar, yoshlar, mahalla faollari, ota-onalar qatnashdilar.
Hotam MAMADALIEV (surat),O‘zA