AQSH vakili mamlakatimizning sport salohiyatini e’tirof etdi
Mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli davlatimiz rahbarining tashabbusi asosida bunyod etilgan “Olimpiya shaharchasi”ga tashrif buyurib, hududidagi muhtasham sport inshootlari bilan yaqindan tanishdi.
Xalqaro talablar asosida qad rostlagan “Olimpiya shaharchasi” O‘zbekistonning sport mamlakati sifatida dunyoga tanilishidagi ahamiyatini, majmualarda nufuzli sport musobaqalarini o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligini e’tirof etdi.



Shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentining maxsus vakili Paolo Zampolli yaqinda foydalanishga topshirilgan Milliy futbol markazidagi stadionlar, o‘quv binolari, sport zallari, professional futbolchi va mutaxassislarni tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi, Respublika futbol akademiyasi, Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazlari faoliyati bilan tanishib, ushbu majmualar yangi O‘zbekistonning sport salohiyati xalqaro maydonda yanada yuksalayotganligini yuqori baholadi.
T. Ro‘ziyev. O‘zA