AQSH senatori: Tramp Eron bilan urushda yutqazdi
AQSH Demokratik partiyasidan saylangan senator Myorfi Kris “NBC News” telekanaliga bergan intervyusida Prezident Donald Tramp Eron bilan nizoda mag‘lubiyatga uchraganini bildirdi.
Siyosatchi ta’kidlashicha, ushbu to‘qnashuv oqibatida Vashington xalqaro maydondagi mavqeini boy berib zaiflashgan, Tehron esa pozitsiyasini yanada mustahkamlab olgan. Shuningdek, Myorfi yuzaga kelgan manzara Eron uchun muhim g‘alaba ekani, tezkor xarajat ortib borayotgan bir payt Islom Respublikasiga ham o‘z armiyasi, mintaqadagi ittifoqchilarini sezilarli darajada kuchaytirishga imkon yaratishini ta’kidladi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA