AQSH Erondagi maktabga berilgan zarba bo‘yicha tekshiruv boshladi
Eron janubida joylashgan Minob shahridagi qizlar maktabiga berilgan zarba yuzasidan AQSH harbiy idoralari tekshiruv boshladi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hujum AQSH tomonidan amalga oshirilgani ehtimoli ko‘rib chiqilyapti. Demak, voqea bilan bog‘liq yangi tafsilot, dalillar paydo bo‘lishi mumkin.
Eronning BMTdagi vakili ma’lum qilishicha, 1-mart kuni sodir bo‘lgan fojia oqibatida 150 nafarga yaqin o‘quvchi halok bo‘lgani aytilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘quv muassasi Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga tegishli bino yaqinida joylashgan.
AQSH mudofaa vaziri Pit Xegset tekshiruv olib borilayotganini tasdiqlab, jumladan Amerika harbiylari odatda fuqarolik manzillarini nishonga olmasligini qo‘shimcha qilgan. Shuningdek, Davlat kotibi Marko Rubio ham jurnalistlar bilan muloqotda maktab yoki boshqa fuqarolik ob’ektiga qasddan zarba berilishi mumkin emasligini bildirgan.
Pentagon mazkur holatga doir izoh berishdan tiyilib, ishni Markaziy qo‘mondonlik tekshirayotganini bildirdi.
D.Hakimov, O‘zA