AQSH Anakliyada port qurmoqchi
– Gruziyaning Anakliya aholi punktidagi port AQSH va Gruziyaning strategik hamkorligida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin, – deydi AQSHning Gruziyadagi elchisi vazifasini bajaruvchi Elizabet Rud.
– Gruziyaning Anakliya aholi punktidagi port AQSH va Gruziyaning strategik hamkorligida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin, – deydi AQSHning Gruziyadagi elchisi vazifasini bajaruvchi Elizabet Rud. – Anakliyada port qurilishi Gruziya iqtisodiga ham katta ijobiy taʼsir qiladi.
Diplomat, shuningdek, mazkur port AQSH investitsiyasi hisobiga qurilishiga umid bildirgan.
Maʼlumot uchun Anakliya shaharchasi Gruziyaning Qora dengiz sohillaridan Abxaziyaga eng yaqin hudud sanaladi, deyiladi Gruziya televideniyesining birinchi kanali” bergan xabarda.