Aqmang‘it uchun yangi bino
Nukus tumani Aqmang‘it shaharcha fuqarolar yig‘inining yangi binosi va kutubxona ochildi.

– Shu paytgacha eski, yetarli sharoit bo‘lmagan binoda ishlardik, – deydi Aqmang‘it shaharcha fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi Xalbay Uteganov.

– Samarqandlik do‘stlarimiz tomonidan 3,5 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, qurilgan yangi binoda esa ishlashimiz uchun barcha qulayliklar bor. Yana bir quvonchli tomoni kutubxona ochilgani bo‘ldi. Bu shaharchamiz aholisi, ayniqsa yoshlar uchun yaxshi sovg‘a bo‘ldi.
G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA