Antifriz idishlaridagi "Tropikamid" fosh bo‘ldi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari yurtimizga piyoda holda kirib kelgan ikki nafar fuqaroning qo‘l yuklarini DXX chegara qo‘shinlarining harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda ko‘zdan kechirdi.
Natijada ushbu shaxslarning yuklari orasida bo‘lgan antifriz va dori vositalarining 4 dona idishida 501 ml. "Tropikamid" kuchli ta’sir qiluvchi modda borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sh.Mamaturopova, O‘zA