Angliya terma jamoasi FIFA kunlari uchun qaydnomasini e’lon qildi
Tomas Tuxel shogirdlari mart oyining oxirida 2ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.
Angliya milliy terma jamoasi mart oyida bo‘lib o‘tadigan FIFA kunlari uchun kengaytirilgan tarkibini taqdim etdi. Tomas Tuxel shogirdlari mart oyining oxirida 2ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Inglizlarning tarkibidan quyidagi futbolchilar joy olgan:
Darvozabonlar: Din Henderson, Jordan Pikford, Aaron Remzdeyl, James Trafford, Jeyson Stil.
Himoyachilar: Devid Burn, Mark Gehi, Lyuis Holl, Ezri Konsa, Livromento, Xarri Maguayr, Niko O’Rayli, Jarred Kvansa, Spens, Jon Stouns, Fikayo Tamori.
Yarim himoyachilar: Elliot Anderson, Jud Bellingem, Devid Garner, Jordon Henderson, Kobbi Meynu, Koul Palmer, Deklan Rays, Morgan Rojers, Adama Uorton.
Hujumchilar: Jarred Boven, Kalvert-Lyuvin, Eberechi Eze, Fil Foden, Antoni Gordon, Xarri Keyn, Noni Madueke, Markus Reshford, Bukayo Saka, Domenik Solanke.
"Uch sherlar" 27-mart kuni Urugvayga qarshi maydonga chiqsalar, 31-mart sanasida esa Yaponiya bilan bahs olib boradi.