Andijonda yangi hokimlar tayinlandi
Tayinlov
Andijon tumani hokimi lavozimiga Yo‘ldoshev Boburbek Bahodirovich tayinlandi.

Boburbek Yo‘ldoshev 1986-yili Andijon shahrida tug‘ilgan. 2008-yili Andijon muhandislik- iqtisodiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida statistika, iqtisodiyot, axborot-tahlil va boshqa bir qancha sohalarda mutaxassis, boshliq o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash shu’basi bosh inspektori lavozimlarida ishlagan.
Shu kunga qadar B. Yo‘ldoshev Marhamat tumani hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
***
Marhamat tumani hokimi lavozimiga Ma’murov O‘tkirbek Komiljonovich tayinladi.
O‘tkirbek Ma’murov 1973-yilda Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda K.Timirzayev nomli Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida qishloq xo‘jaligi sohasida agronom, mudir, rais o‘rinbosari, rais, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari kabi lavozimlarida ishlagan.
Shu kunga qadar O‘.Ma’murov Buloqboshi tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
***
Buloqboshi tumani hokimi lavozimiga Bo‘taxonov Furqatbek Tojimuhammadovich tayinlandi.

Furkatbek Bo‘taxonov 1985-yilda Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. 2013-yilda Andijon qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida moliya, elektr ta’minoti, iqtisodiyot, investitsiya va aholi bandligini ta’minlash sohalarida g‘aznachi, hisobchi, bo‘lim boshlig‘i, bosh mutaxassis hamda tuman hokimi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Shu kunga qadar F. Bo‘taxonov Buloqboshi tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Faxriddin Ubaydullayev,
O‘zA muxbiri