Andijonda kuz yomg‘iri
FOTOREPORTAJ
Kuz – tabiatning eng sirli, eng ta’sirchan fasli. Bu fasl Andijon shahriga ham o‘ziga xos fayz va sokinlik bag‘ishlagan. Daraxt barglari oltinrang tus olgan. Osmondagi moviy bulutlar esa kuzning sokin qo‘shig‘ini kuylamoqda. Unga hamohang yomg‘ir shivalayotir.
Yomg‘irli Andijon yanada go‘zal manzara kasb etdi. Nam asfaltda ko‘cha chiroqlarining aksi jilolanadi. Daraxt barglaridan tomchilar birin-ketin tushadi. Soyabon tutgan odamlarning odimlari esa kuzning sokin kayfiyatiga hamohang.
[gallery-31622]
Kuzgi yomg‘ir insonni bir zum o‘yga toldiradi. Shoshma-shosharlikka tanaffus berib, atrofga boshqacha nigoh bilan nazar solish, oddiy manzaralardagi go‘zallikni his etish uchun fursat yaratadi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA