Andijon yanada ozoda shaharga aylanadi
Andijon shahriga zamonaviy chiqindi tashlanadigan idishlar o‘rnatilmoqda.
Andijon shahar hokimligi hamda Andijon viloyati tabiat resurslari boshqarmasi hamkorligida Xitoy davlati tajribasi asosida o‘rnatilayotgan chiqindi tashlanadigan maxsus idishlar chiqindilarni qayta ishlash va qayta ishlangan mahsulotlardan foydalanishga qaratilgan ishlarning sifati va samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi, shuningdek, shaharda ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sog‘ligiga zararli ta’sirini kamaytirishga xizmat qiladi.


Shaharni toza va ozoda maskanga aylantirish, ekologik musaffolikni ta’minlash maqsadida ayni kunga qadar shahar markaziy ko‘chalari, aholi gavjum maskanlarga 200 donadan ortiq zamonaviy chiqindi tashlaydigan idishlar o‘rnatildi.


Andijon shahrida chiqindi tashlaydigan zamonaviy idishlarni o‘rnatish, umuman, shahar pokizaligini ta’minlashga qaratilgan bu kabi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA