Anchelotti: “Braziliya tobora kuchli jamoaga aylanmoqda”
Jamoamning yanada barqaror va kuchli bo‘lib borayotganidan mamnunman.
Karlo Anchelotti JCH–2026 guruh bosqichining uchinchi turida Shotlandiya milliy terma jamoasi ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jamoasining o‘yini haqida fikr bildirdi.
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi futbolchilar tobora yaxlit jamoa sifatida harakat qilayotganini va bu eng muhim maqsad ekanini ta’kidladi.
"Hozir biz jamoa sifatida harakat qilyapmiz. Bu bizning asosiy maqsadimiz. Hali mukammal emasmiz, ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlar bor. To‘p nazoratida tezlikni oshirishimiz lozim.
Jamoamning yanada barqaror va kuchli bo‘lib borayotganidan mamnunman. Pley-off bosqichida ishonchli o‘yin juda muhim. Birinchi uchrashuvga nisbatan xatolarimiz kamaydi, o‘yin ritmi yaxshilandi va hujumlarimiz samaraliroq bo‘ldi", — dedi Anchelotti.
Ma’lumot uchun, Braziliya milliy terma jamoasi guruh bosqichini 7 ochko bilan birinchi o‘rinda yakunlab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Marokash milliy terma jamoasi ham 7 ochko jamg‘ardi, biroq to‘plar nisbatiga ko‘ra ikkinchi bo‘ldi.