Anastasiyaning to‘rt medali
Chexiyaning Brno shahrida o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Anastasiya Serdyukova to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi.
Chexiyaning Brno shahrida o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Anastasiya Serdyukova to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi.O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilinishicha, tajribali sportchimiz tasma bilan mashq bajarishda 17,850 ball jamg‘arib, oltin medalga sazovor bo‘lgan.
Sportchimizning bulava bilan bajargan mashqlari hakamlar tomonidan 17,350 ball bilan baholandi va u mazkur yo‘nalishda ikkinchi o‘rinni egalladi. A.Serdyukova to‘p bilan mashq bajarishda 17,700 ball va xalqa bilan mashq bajarishda 17,550 ball to‘plab, har ikkala yo‘nalishda bronza medal bilan taqdirlandi.