Amsterdamdagi sayyohlar koʻchada qoladimi?
Yaqin kelajakda Niderlandiya poytaxti Amsterdam shahrining tarixiy yodgorliklarga boy uchta tumanida sayyohlar vaqtincha yashash uchun joy topishga qiynalib qolishadi.
Yaqin kelajakda Niderlandiya poytaxti Amsterdam shahrining tarixiy yodgorliklarga boy uchta tumanida sayyohlar vaqtincha yashash uchun joy topishga qiynalib qolishadi.
Sababi, Amsterdam hukumati ayrim dahalarda sayyohlik uylarini ijaraga berishni man etmoqchi. Koronavirus tufayli turizm sohasi shundoq ham kasodga uchrab turgan bir paytda bunday gʻalati qaror qabul qilinishi rostdan ham tushunarsiz.
1-iyuldan joriy qilinadigan mazkur taqiq mamlakatning bosh shahri rahbariyati tomonidan oʻz uylarini onlayn-platformalar orqali ijaraga berayotgan fuqarolar sonini kamaytirish maqsadida amalga kiritilmoqda. Cheklovlar aholining sayyohlar mahalliy odamlar tinchligiga rahna solayotgani toʻgʻrisidagi shikoyatlari bilan bogʻliq ekani aytilgan.
Bundan tashqari, joriy yil 1-iyuldan Amsterdamda yana bir yangi qoida kuchga kiradi: oʻz turar-joyini ijaraga berishni istagan fuqaro maxsus ruxsatnoma olishi shart. Meriya bunday ruxsatnomalarni taqiqlangan 3 ta tumandan tashqari boshqa hududlarda istiqomat qiladigan kishilargagina beradi.