Amir Temur va temuriylar davri me’morchiligi
Begzod Begijanovich IMINOV dotsent falsafa fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Farg‘ona davlat universiteti Farg‘ona, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda amalga oshirilgan keng koʻlamli qurilish va obodonlashtirish ishlari ilmiy tahlil qilingan. Samarqand va Hirotda barpo etilgan masjidlar, madrasalar, xonaqohlar, karvonsaroylar va bogʻlarning oʻziga xosligi yoritilgan. Temuriylar davri ma’naviyatining ajralmas boʻlagi sanalgan me’morchilik va binokorlik san’ati bu davrda oʻzining yuksak choʻqqisiga koʻtarilganligi asoslangan.
Tayanch so‘zlar: sivilizatsiya, temuriylar, me’morchilik, “Shifoiya”, me’morchilik, naqqoshlik, tasviriy san’at va adabiyot, masjid, xonaqoh, hammom, sardoba, karvonsaroy, gumbaz, Registon maydoni, qurol-yarogʻ.