“Alfraganus” nomi bilan mashhur alloma (+video)
Allomalarimiz haqida 10 ta fakt
Dunyo tamadduni rivojiga hissa qo‘shgan, ilm-fanda ulkan kashfiyotlar qilgan allomalarimizning ilmiy-ma’naviy merosi biz uchun hamisha qadrli va bebaho. Buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosini o‘rganish, targ‘ib etish, ular haqidagi muhim ma’lumotlarni bilish yosh avlodning ajdodlarga munosib voris sifatida kamol topishida alohida ahamiyatga ega.
“Allomalarimiz haqida 10 ta fakt” loyihasi doirasida buyuk ajdodlarimiz haqida taqdim etilayotgan ma’lumotlarni Al-Farg‘oniy misolida davom ettiramiz.
1. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasr Farg‘oniy 797 yilda Farg‘ona vodiysining Quva shahrida tug‘ilgan.
2. 832-833 yillarda Suriyaning shimolidagi Sinjor dashtida va ar-Raqqa oralig‘ida yer meridianining bir darajasi uzunligini o‘lchashda qatnashgan.
3. Olim 861 yilda Qohira yaqinidagi Ravzo orolida nilometrni, ya’ni Nil daryosi suv sathini belgilovchi uskunani yasagan.
4. Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o‘rnini aniqlash, yangicha yulduzlar jadvali — zij yaratish ishlariga rahbarlik qilgan.
5. Al-Farg‘oniy Yevropada “Alfraganus” nomi bilan mashhur bo‘lgan.
6. XII asrdayoq ispan olimlari kremonlik Gerardo, sevilyalik Ioann Al- Farg‘oniyning “Samoviy harakatlar va umumiy ilminujum” kitobini arabchadan lotin tiliga tarjima qilgan.
7. Lotin va boshqa g‘arb tillariga tarjima qilingan mazkur asar G‘arbiy Yevropada 400 yil davomida falakiyot ilmida asosiy qo‘llanma bo‘lib keldi.
8. Yevropa Uyg‘onish davrining mashhur olimlaridan biri bo‘lgan Regiomontan XV asrda Avstriya va Italiya universitetlarida allomaning asarlari asosida astronomiyadan ma’ruzalar o‘qigan.
9. XVI asrga kelib oydagi kraterlarning biriga “Alfraganus” nomi berilgan.
10. Bizgacha allomaning 8 ta asari yetib kelgan.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligidagi mazkur loyiha sun’iy intellekt yordamida “O‘zbekiston tarixi” telekanali bilan birgalikda tayyorlandi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/tpvz1NqEzoU" title="“Alfraganus” nomi bilan mashhur alloma" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Komilova, A.Ahmedov (video), O‘zA