“Al-Ittihod” Ronalduning “An-Nasr”ini mag‘lub etdi
Krishtianu Ronaldu uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi, ammo gol yoki golli uzatma amalga oshirmadi.
Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 5-turida “Al-Ittihod” o‘z maydonida “An-Nasr”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuv qahramoniga Jorj Ilenikena aylandi. “Al-Ittihod” hujumchisi 4 va 23-daqiqalarda gol urib, dubl qayd etdi. “An-Nasr” safida Anjelo 36-daqiqada hisobni qisqartirdi, biroq mehmonlar qolgan vaqtda javob golini ura olmadi.
Krishtianu Ronaldu uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.
Besh turdan so‘ng “An-Nasr” 12 ochko bilan ikkinchi, 11 ochko jamg‘argan “Al-Ittihod” esa to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.