Ajdodlardan meros avlodlarga ibrat alloma
FOTOREPORTAJ
Buxoro davlat universitetida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlab “Ajdodlardan meros avlodlarga ibrat alloma” nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil etildi.
Shoirga ehtirom hamda Navoiy merosini keng o‘rganish maqsadida tashkil etilgan tadbirda viloyat yozuvchilar uyushmasi raisi, shoir Shodmon Sulaymon, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Marhabo Pardayeva, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, shoir va yozuvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
[gallery-10516]
Tadbirda so‘z olganlar buyuk mutafakkirning hayoti, ijodi, jahon hamjamiyati, xususan, dunyo adabiyotida tutgan o‘rni haqida keng ma’lumot berdi.
Filologiya fanlari doktori, dotsent Sh. Hayitovning “Makorim ul-axloq”da Alisher Navoiy shaxsiyati talqini” mavzuidagi ma’ruzasi yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Talabalar shoir qalamiga mansub g‘azallarni yoddan o‘qidi. Sahna asarlari, mumtoz musiqa sadosi ostidagi raqslar tadbirga o‘zgacha fayz baxsh etdi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA