Aichi-Nagoya-2026: Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliyev — Osiyo o‘yinlari chempionlari
FOTOREPORTAJ
OʻzA fotomuxbiri Sarvar Oʻrmonov Aichi-Nagoyadan xabar beradi.
Joriy yil jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan akademik eshkak eshish bo‘yicha terma jamoamiz vakillari Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliyev XIX Osiyo o‘yinlarida ham yuksak natija qayd etdi.
Yengil vaznli sportchilar juftligi — LM2x dasturida startga chiqqan hamyurtlarimiz hal qiluvchi bahsda barqaror va ishonchli ishtirok etib, marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.
[gallery-31596]
Shu tariqa Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliyev O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shdi. Sportchilarning ushbu g‘alabasi mamlakatimiz akademik eshkak eshish maktabi salohiyati va xalqaro maydondagi izchil natijalarining yana bir tasdig‘i bo‘ldi.
G‘oliblik shohsupasida davlatimiz bayrog‘ining baland ko‘tarilishi va madhiyamiz yangrashi sportchilarimiz uchun ham, ularning muxlislari uchun ham unutilmas lahzalarga aylandi.
Sarvar O‘RMONOV(surat),O‘zA