AI-92 markali avtobenzin narxi oshirilmaydi
2023 yil 1 maydan boshlab “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-92 markali avtobenzin narxi oshirilmaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, “UNG petro” MCHJ mas’ul xodimlari bu boradagi xabarni shoshma-shosharlik bilan, rahbariyat bilan kelishmasdan ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan. Bu holat bo‘yicha ularga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi, deyiladi Energetika vazirligi bildirgan rasmiy munosabatda.
O‘zA