Aholi salomatligi ishonchli qo‘llarda
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Angor tumani “Yuqori tallimaron” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “To‘lqin” oilaviy shifoxonasi hududdagi 9 ming 700 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
Shifo maskanida aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur barcha sharoit yaratilgan. Bemorlar ambulator hamda statsionar sharoitda davolanish imkoniyatiga ega. Tashxis va davolash ishlarida zamonaviy tibbiy asbob-uskunalardan foydalanilmoqda.
[gallery-10184]
20 ga yaqin malakali shifokor va hamshira tunu kun bemorlar xizmatida.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA