Aholi salomatligi eng muhim vazifa
– Koʻchamizdagi aksariyat uylar mutaxassislar tomonidan dezinfeksiya qilindi
Andijon viloyati Xonobod shahri uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi tomonidan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shahar boʻlimi, shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi boʻlimi hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan hamkorlikda koʻp qavatli uylarni, shuningdek, zinapoyalar, liftlar, uylar oldidagi bolalar maydonchalarini dezinfeksiya qilish, koronavirus infeksiya tarqalishining oldini olishga qaratilgan kechiktirib boʻlmaydigan ishlar amalga oshirilmoqda.
– Koʻchamizdagi aksariyat uylar mutaxassislar tomonidan dezinfeksiya qilindi, – deydi Mustaqillik koʻchasidagi koʻp qavatli uylarning birida yashovchi fuqaro Irodaxon Ahmedova. – Bizning salomatligimiz, xavfsizligimiz uchun mehnat qilayotgan fidoyi insonlardan minnatdormiz.
Boʻlim xodim va mutaxassislari tomonidan koʻp qavatli uylar aholisiga uydan chiqmaslik, shaxsiy gigiyena, karantin tartib-qoidalariga qatʼiy amal qilishlari, jamoat joylarida himoya niqobini taqib yurishlari lozimligi tushuntirilmoqda.