Aholi salomatligi doimiy e’tiborda
Buxoro shahridagi 4-oilaviy poliklinikasi 380 qatnovga mo‘jallangan. “Narshaxiy”, “A.Navoiy”, “G‘.G‘ulom”, “S.Sheroziy”, “S.Raximov”, “Dilkusho” va “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi aholiga xizmat ko‘rsatadi.
Mazkur aholiga poliklinikaning 132 nafar tibbiyot xodimlari birlamchi tibbiy – sanitariya xizmatini ko‘rsatib kelmoqda. Shundan 26 nafari umumiy amaliyot vrachlari hamda 38 nafari hamshiralarni tashkil etadi.
Poliklinikada koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish borasida qator profilaktika ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida Buxoro shahar 4 – oilaviy poliklinika hududida jami 197 nafar fuqorolar va ularning 408 nafar oila-a’zolari uy karantiniga olindi. Vrach va patronaj hamshiralari tomonidan kuniga 2 marta tibbiy nazorat olib borilishi ta’minlandi.
Poliklinika hududidagi uy karantiniga olingan jami 76 nafar fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining qarori bilan tasdiqlangan tartib asosida tibbiy nazoratdan chiqarildi. Hozirgi kunda jami 70 ta xonadon uy karantiniga olingan. Shulardan 11 nafar fuqaro shifoxonalarda davolanmoqda. Uy karantinidagi fuqarolarning 14 nafari simtomsiz, 107 nafari simptomli. bugungi kunda 14 nafar shifoxonada davolanayotgan fukarolarning 13 nafari viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida va 1 nafari Vobkent tumani tibiyot birlashmasida davolanmokda.
Uy sharoitida davolanayotgan jami 120 nafar fuqarolarga dori-vositalari to‘plami bepul tarqatildi. Daha shifokorlari va patronaj hamshiralari tomonidan dori-vositalarini ichish tartiblari batafsil tushuntirilgan. Qolgan 77 nafar uy karantinidagi fuqarolarning 19 nafari voyaga yetmaganligi, 6 nafari homiladorligi, 15 nafari emizikli ayolligi va qolgan 37 nafari statsionarga yotqizilganligi sababli KOVID-TO‘PLAM berilmadi.
Shu bilan birga, karantin davrida poliklinika hududidagi 5 290 ta xonadonlardagi fuqarolar bilan daha vrachlari va patronaj hamshiralari tomonidan muntazam ravishda telefon orqali muloqot qilish (onlayn patronaj) orqali kasallikni erta aniqlab, hududdagi epidemiologik vaziyatni nazoratda ushlab turish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Poliklinikada ayollar va erkaklar uchun alohida izolyator xonasi tashkil qilingan. Har birida kislorod konsentratorlari va pulsoksimetlar, tanometr, fonendoskop hamda 14 turdagi dori-vositalaridan iborat biks bilan ta’minlangan Izolyator xonalarida shaxsiy tibbiy vositalari (kombinzon, ko‘zoynak, maska, qo‘lqop, etik) bilan to‘liq kiyingan tibbiyot xodim (AUSH, tor mutaxassis va hamshira)lari bemorni tekshiruvdan o‘tkazib, tibbiy yordam ko‘rsatishi, lozim bo‘lganda statsionarga yotqizish choralari ko‘rilmoqda.
Poliklinikada jami 4 ta mobil guruhi tashkil qilingan. 2 ta Damas rusumli avtomashina va mobil telefonlari bilan ta’minlangan. Har bir mobil guruhlari oilaviy shifokor, tor mutaxassis va patronaj hamshirasi kabi tibbiyot xodimlaridan iborat bo‘lib, mobil guruhlarning 1 tasi izolyator xonalarida hamda 3 tasi chaqiriqlarni (bir kunda 15 tagacha) bajarib kelmoqda.
Har bir daha shifokori va patronaj hamshiralari xonadonma-xonadon yurib, faol patronaj qilishlari va aholini xatlovdan o‘tkazib, hududi bo‘yicha umumlashtirilgan holdagi tahliliy ma’lumot (D-nazoratdagilar, nogironlar, homiladorlar va 1 yoshgacha bolalar) idan kelib chiqib, muammolarini aniqlashi va ularning yechimi bo‘yicha zarur chora-tabdirlar belgilab kelmoqda.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar va ularning xonadonlariga karantin choralarini tashkil etish tartibi buyicha MFY lar raislari, mahalla nozirlari va faollari bilan telegramm guruh tashkil kilinib, ishlar olib borilmoqda. Bunda, simptomsiz kechayotgan bemorlarni uy sharoitida davolash va simptomli bemorlarni shifoxonalarga yotqizish choralari ko‘rilgan.