Aholi bandligi taʼminlanmoqda
Mazkur sanoat zonasida tadbirkor Abdugʻofir Jalolov 100 million soʻmlik bank krediti asosida “Abdugʻofir” xususiy korxonasini tashkil etib, oʻndan ortiq yangi ish oʻrni hozirladi.
Namangan viloyati Norin tumanidagi “Oʻzbekiston” kichik sanoat zonasida yaratilayotgan ishlab chiqarish nuqtalari hududning sanoat salohiyatini rivojlantirish bilan birga aholi bandligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur sanoat zonasida tadbirkor Abdugʻofir Jalolov 100 million soʻmlik bank krediti asosida “Abdugʻofir” xususiy korxonasini tashkil etib, oʻndan ortiq yangi ish oʻrni hozirladi. Ayni paytda korxonada yengil sport kiyimi – futbolkalar ishlab chiqarilmoqda.
Tadbirkor Mahmudjon Ikromov tomonidan yoʻlga qoʻyilgan tikuvchilik sexida esa 40 nafar xotin-qizning bandligi taʼminlangan. Bu yerda tayyorlanayotgan erkaklar uchun trikotaj mahsulotlari mahalliy bozordan tashqari qoʻshni davlatlarga ham eksport qilinayotgani eʼtiborga molik.
2019-yilda faoliyat boshlagan “Haqqulobod profnastil invest” MCHJnitashkil etishga 50 million soʻm bank krediti va200 million soʻm tadbirkor mablagʻi jalb etilib, Xitoydan zamonaviy uskunalar keltirib oʻrnatilgan. Ayni paytda korxona mahalliy bozorni arzon va sifatli qurilish mahsulotlari bilan toʻldirmoqda.