Agrosanoat sohasining bo‘lg‘usi mutaxassislari
Farg‘ona viloyatidagi Dang‘ara agrosanoat kasb-hunar kollejida mingdan ziyod yoshlar qishloq xo‘jaligi va mashina jihozlariga xizmat ko‘rsatish mexanigi, veterinar, zootexnik-asalarichi, buxgalter, agronom kabi yo‘nalishlarda tahsil olmoqda.
Farg‘ona viloyatidagi Dang‘ara agrosanoat kasb-hunar kollejida mingdan ziyod yoshlar qishloq xo‘jaligi va mashina jihozlariga xizmat ko‘rsatish mexanigi, veterinar, zootexnik-asalarichi, buxgalter, agronom kabi yo‘nalishlarda tahsil olmoqda.Kollejda o‘quvchilar tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha puxta bilim olishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Mavjud moddiy-texnik baza o‘quv jarayonini amaliyot bilan uzviy holda tashkil etish imkonini bermoqda.
2015-2016 o‘quv yilida kollejni 430 ga yaqin o‘quvchi bitiradi. Ularning kelgusidagi bandligini ta’minlash maqsadida turdosh korxona va tashkilotlar bilan uch tomonlama shartnoma tuzish boshlangan.