Afg‘onistonda navbatdagi portlash sodir etildi
Afg‘onistonning Daman tumanida minalashtirilgan mashina portladi, oqibatda 30 dan ortiq odam jarohat oldi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Portlash tumanning asosiy politsiya bo‘limi yaqinida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, 11 nafar politsiya xodimidan tashqari yana 22 nafar fuqaro jarohat olgan.
Mintaqada faoliyat yuritayotgan guruhlarning hech biri hali sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.