"ADIPEC-2026": Şerzod Xöjayev xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar ötkazdi
Energetika sohasida yangi investitsiyaviy imkoniyatlarni işga soliş, xorijiy kompaniyalar bilan texnologik şeriklikni rivojlantiriş va özaro manfaatli loyihalarni amalga oşiriş Özbekistonning xalqaro hamkorlik kun tartibida muhim örin tutadi.
Ayni yönalişdagi muloqotlar Abu-Dabida ötkazilayotgan yirik xalqaro anjuman doirasida ham davom etmoqda.
Birlaşgan Arab Amirliklarida ötkazilayotgan mazkur "ADIPEC-2026" xalqaro körgazma va konferensiyasi energetika sanoatining yetakçi vakillari, investorlar, xalqaro taşkilotlar hamda sohaviy kompaniyalarni bir maydonda jamlagan. Unda 170 dan ortiq mamlakatdan 239 ming nafardan ziyod iştirokçi qatnaşmoqda.
Xalqaro körgazmada 2 ming 260 ta kompaniya öz mahsulotlari, texnologik yeçimlari va istiqbolli işlanmalarini taqdim etmoqda. Ular orasida 54 ta milliy va xalqaro energetika kompaniyasi bor. Şuningdek, 30 ta milliy pavilon orqali turli mamlakatlarning soha salohiyati va imkoniyatlari namoyiş etilmoqda.

Anjumanning işbilarmonlik dasturida energetika tizimining kelajagi, taʼminot barqarorligi, investitsiyaviy hamkorlik va innovatsion texnologiyalardan foydalaniş kabi yönalişlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Xalqaro tadbir doirasida energetika vaziri Şerzod Xöjayev BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy, şuningdek, "Masdar", "AMEA Power", "ePointZero" hamda "Etihad Water and Electricity" kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazdi.
Muloqotlar davomida energetika sohasidagi mavjud şeriklik imkoniyatlarini kengaytiriş, yangi taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş va istiqbolli yönalişlarda özaro hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, Şerzod Xöjayev xalqaro anjuman doirasida taşkil etilgan vazirlar iştirokidagi davra suhbatida ham qatnaşdi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA