Abduvaliyeva Dilsora Nodirjon qizining pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Bo‘lajak o‘qituvchilar intellektual-ijodiy kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik strategiyalari” mavzusida
Abduvaliyeva Dilsora Nodirjon qizining 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak o‘qituvchilar intellektual-ijodiy kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik strategiyalari” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 10 iyul kuni soat 08:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2-qavat, 203-xona.
Tel.: (99871) 276-75-26; faks: (99871) 276-76-51
e-mail: kengash@edu.uz