Abdusattorov “Chess.com Open-2026” musobaqasida 15 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritdi
Mukofot jamg‘armasi 250 ming AQSH dollaridan iborat “Chess.com Open-2026” onlayn shaxmat turnirida finalchilar aniqlandi.
Kecha nufuzli turnirning mag‘lublar yo‘lagidagi saralash musobaqalari va hal qiluvchi yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Mag‘lublar yo‘lagidagi bahslarda dona surgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ikkinchi bosqichda rossiyalik Yan Nepomnyashiyni 1,5:0,5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchinchi davrada Javohir Sindorovni musobaqadan chiqarib yuborgan fransiyalik Maksim Vashe-Lagravni 1,5:0,5 hisobida yengdi.

Biroq kecha Abdusattorov mag‘lublar yo‘lagidagi 1/4 final musobaqasida kutilmaganda hindistonlik Nihal Saringa 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
O‘z navbatida 1/4 finalning ikkinchi juftligi rossiyalik Denis Lazavik eronlik 15 yoshli Sina Mavaxedni 15:0,5 hisobida mag‘lub etdi. Lazavik-Nihal kurashida rossiyalik shaxmatchi 2:0 ko‘rinishida ustunlikka erishgan bo‘lsa, yarim finalda u polshalik Yan-Krishtoff Dudaga 15:0,5 hisobida yengildi.
Bugun, 26-aprel kuni “Chess.com Open-2026” onlayn turniri finalida Magnus Karlsen va Yan-Krishtoff Duda g‘oliblik uchun kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur turnirda N. Abdusattorov 5-6-o‘rinlardan joy olish bilan birga 15 ming AQSH dollariga ham ega chiqdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA