Abdusalomova Maftuna Akbarovnaning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Orqa miyaning tug‘ruq jarohatlari bo‘lgan bolalarning hayot sifati va reabilitatsiya tadbirlarni optimallashtirish» mavzusida
Abdusalomova Maftuna Akbarovnaning 14.00.09- «Pediatriya» va 14.00.12- «Tibbiy reabilitologiya» ixtisosliklari bo‘yicha «Orqa miyaning tug‘ruq jarohatlari bo‘lgan bolalarning hayot sifati va reabilitatsiya tadbirlarni optimallashtirish» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2023-yil 26-dekabr kun soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 18-uy.
Tel/faks: (+99866) - 233-30-34
e-mail: ilmiyprorektori@sammi.uz