Abdumalik Xalokov ham finalda jang qiladi
Boks bo‘yicha mamlakatimiz terma jamoasi a’zosi, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, qit’a va jahon chempioni Abdumalik Xalokov Olimpiya o‘yinlarining finaliga yo‘l oldi.
57 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarning yarim finalida A.Xalokov avstraliyalik Charli Senior bilan raqobatlashdi va g‘alaba qozonib, Olimpiya o‘yinlarining so‘nggi hal qiluvchi final bosqichiga yo‘l oldi.
Endi Abdumalik Xalokov 11 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan final jangida qirg‘izistonlik Munarbek Seitbek Ulu va bolgariyalik Xaviyer Diaz Ibanez bellashuvi g‘olibiga qarshi ringga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA