Abdullayeva Sevara Nuriddin qizining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Alaliyali bolalarda dastlabki nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish texnologiyalari” mavzusida
Abdullayeva Sevara Nuriddin qizining 13.00.03 – Maxsus pedagogika ixtisosligi bo‘yicha “Alaliyali bolalarda dastlabki nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish texnologiyalari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 26-yanvar kuni soat 8:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, Toshkent davlat pedagogika universiteti
Tel.: (99871) 276-75-26; faks: (99871) 276-76-51
e-mail: kengash@edu.uz