ABC News: Ukraina dron hujumida ilk bor Rossiyani ortda qoldirdi
Mart oyi mobaynida Ukraina keng ko‘lamli urush boshlangandan beri birinchi marta dron hujumi bo‘yicha Rossiyani ortda qoldirdi. Bu haqda “ABC News” xabar tarqatdi.
Ukraina havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan oy Rossiya hududidan uchirilgan 6 462 dron va 138 raketa urib tushirilgan. Shundan 5 833 dron va 102 raketa tutib olingan yoki zararsizlantirilgan.
RF Mudofaa vazirligi bayonotida esa mamlakat havo mudofaasi Ukrainaning 7 347 dronini urib tushirgani keltirilgan. Bu kuniga taxminan 237 tani tashkil etadi. Kiyev tomonidan foydalanilgan o‘zi uchar uchoqlarning umumiy soni esa ma’lum qilinmagan.
“ABC News” mart oyida Rossiya havo hujumi bo‘yicha rekord o‘rnatganini qayd etgan: birgina 24-mart kuni 948 dron va 34 raketa uchirilgan.
Nashr ta’kidlashicha, o‘tgan oy ma’lumoti kuch muvozanati Ukraina foydasiga o‘zgarganini ko‘rsatgan. Demak, Kiyevning dron va raketa ishlab chiqarish bo‘yicha uzoq muddatli sa’y-harakati natija bera boshlagan.
S.Rahimov, O‘zA