Italiya Tashqi ishlar vazirligi sayti hujumga uchradi
Italiya Tashqi ishlar vazirligi saytiga kiber hujum uyushtirildi. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, hodisa “NoName057(16)” guruhi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Mamlakat kiber jinoyatchilikka qarshi kurash politsiyasi hodisa yuzasidan ish olib bordi. Taxminga ko‘ra, amaliyot juda ko‘p soxta so‘rov yuborish orqali sayt faoliyatini izdan chiqarishga qaratilgan. Himoya tizimi hujumni bartaraf etgan, saytda uzilish kuzatilmagan.
Tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani Italiya Ruminiya va Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari bilan birga kiber hujum uchun mas’ullarni aniqlashga qaratilgan taklif tayyorlayotganini bildirdi.
Musulmon Ziyo, O‘zA