Tibbiyot xodimlari farzandlarining kontrakti uchun subsidiya berila boshlandi
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun o‘qish xarajatlarining bir qismini qoplash jarayoni boshlab yuborildi.
Ayni paytda arizasi muvaffaqiyatli tasdiqlangan xodimlarning farzandlari tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasalari hisobraqamlariga subsidiya mablag‘lari o‘tkazilmoqda. Mazkur imtiyoz Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi tegishli qaroriga asosan joriy etilgan bo‘lib, unga ko‘ra tibbiyot xodimlarining respublika oliy o‘quv yurtlari bakalavriat bosqichida o‘qiyotgan farzandlari uchun yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi.
Hujjatda belgilangan shartlarga ko‘ra, ajratiladigan subsidiyaning eng yuqori miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmasligi lozim. Ya’ni, kontrakt summasining 30 foizi belgilangan mazkur chegaradan yuqori bo‘lgan taqdirda ham, to‘lov qonunchilikda ko‘rsatilgan limit doirasida amalga oshiriladi.
Mutasaddi idoralarning ma’lum qilishicha, hujjatlari to‘liq ko‘rib chiqilib, ijobiy xulosa olgan fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha oliygohlarga mablag‘lar yo‘naltirish ishlari ayni paytda uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
M.Qosimova, O‘zA