8 mart kuni ayollarga qanday gul sovg‘a qilgan ma’qul?
An’anaviy bahorgi dekorativ gullar ayollarda qariyb allergiya qo‘zg‘amaydi, lekin mimoza (qo‘l tegsa bargi yopilib qoladigan o‘simlik) guliga ehtiyotkorlik bilan yondashish lozim.
“8 mart bayramida ayollarga gul sovg‘a qilmoqchi bo‘lsangiz, yaxshisi iforsiz gul tanlang. Ular odatda xavfsiz bo‘ladi, deydi vrachlar.
"8 mart bayramida xarid qilinadigan dekorativ gullar nisbatan juda kam allergiya qo‘zg‘aydi. Atirgul, lolalar, liliya, gunafsharang gulsapsar, orxideya gullari odatda hashoratlar orqali changlanadi. Shu bois ularda og‘ir changlar ko‘p bo‘lmaydi va havoda ko‘p turmaydi. Bunday gullar allergiya qo‘zg‘ashga kuchsizlik qiladi", - deydi allergolog-immunolog vrach Vladimir Bolibok RIA Novostiga bergan intervyusida.
Bahorda sovg‘a qilinadigan gullardan odatda mimozalar allergiya qo‘zg‘ashi mumkin, chunki mazkur gullarni shamol changlaydi, ularning changi havoda ko‘p vaqt suzib yuradi, shu bois ushbu guldan ehtiyot bo‘lish lozim.
Vrachlarning fikricha, yaxshisi, iforsiz va changsiz gullarni tanlagan ma’qul, chunki ular xavfsizdir.
O‘zining allergiya bilan bog‘liq muammosi borligini yaxshi biladigan, lekin erkaklardan gul kutadigan ayollar yaxshisi, allergiya borligini oldindan aytib qo‘ygan ma’qul, deydi ekspertlar. Shunda quvonchli damlaringiz ko‘ngilsiz voqeaga aylanmaydi.