74 yoshli namanganlik onaxon haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘ldi
Ilm, kasbu hunarga intilish uchun insonning yoshi muhim emas.
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani, Shirinbuloq mahallasida istiqomat qiluvchi 74 yoshli Zohida aya Karimova Mudofaaga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti To‘raqo‘rg‘on tuman o‘quv sport-texnika markazida ta’lim olib, nazariy va amaliy imtihonlarni birinchi urinishda muvaffaqiyatli topshirdi.
Keksa onaxon haydovchilikni "Onix" avtomobilida o‘rganib, amaliy sinovni esa "Cobalt" avtomashinasida topshirdi. Uning bu natijasi yosh emas, intilish va irodaning ahamiyati muhim ekanini yana bir bor namoyon qildi.
Darhaqiqat, inson astoydil intilsa, yangi marralarni zabt etish uchun hech qachon kech emas.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA