6 milliondan ziyod fuqarolar saylovda ovoz berdi
Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazida MSK Raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Bahrom Qo‘chqorovning qayd etishicha, bugun soat 11:00ga qadar 6 million 669 ming 552 nafar saylovchi ovoz bergan. Bu umumiy saylovchilarning 33,6 foizini tashkil etmoqda.
O‘zbekistoninig turli hududlaridagi 207 ta saylov uchastkasida o‘rnatilgan 414 ta videokamera saylovchilarning ovoz berish jarayonini ushbu matbuot markazida o‘rnatilgan manitorda, “saylov2021.uz”veb- saytida hamda “O‘zbekiston -24” telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn rejimda namoyish qilib turibdi.
Shuni alohida takidlash joizki O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylovda yuksak siyosiy faolikkni namoyon etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 96 -moddasiga muvofiq, agar saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 33 foizi ovoz berishda ishtirok etgan bo‘lsa saylov o‘tgan hisoblanadi. O‘zbekiston Resrublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi Uchastka va okrug saylov komissiyalaridan olingan ma’lumotlarga e’tibor qaratsak soat 11- 00 ga qadar saylovchilarning 6 mln 669 ming 552 nafari yoki 33, 6 foizi ovoz berdi. Demak joriy saylovlar o‘tgan deb hisoblanadi
N.Nasriyev, O‘zA