6 mart voqealari qisqa satrlarda
Jabrlanganlar va qurbonlar haqida ma’lumotlar keltirilmagan.
Filippin. Mamlakat qirg‘oqbo‘yi hududlarida 5,7 magnitudali yer silkinishi yuz berdi. Jabrlanganlar va qurbonlar haqida ma’lumotlar keltirilmagan.
AQSh. Mamlakat Davlat kotibi Mayk Pompeo Vashingtonda BMTning Suriya masalalari bo‘yicha maxsus vakili Geyr Pedersen bilan Suriya masalasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Suriya. Hama viloyatida terrorchi guruh tomonidan tinch aholiga qarata amalga oshirilgan hujum oqibatida 5 nafar suriyalik halok bo‘ldi.
Afg‘oniston. Nangarxar viloyatidagi xususiy korxonalardan biriga qurollangan guruh tomonidan amalga oshirilgan tajovuz oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi.
Iroq. “Islom davlati” terrorchi guruhi tomonidan mamlakat shimolidagi harbiy qo‘shin qo‘mondonligiga qarata amalga oshirilgan hujum oqibatida 6 nafar harbiy halok bo‘ldi.
Suriya. 79 ta qochoq aholi mamlakat hududiga doimiy yashash uchun qaytdi. Bir necha kun ichida mamlakatga qaytgan qochoqlar soni 870 taga yetdi.
AQSh. Mamlakat vitse-prezidenti Mayk Pens AQSh hukumati Venesuelaning 77 amaldorlari xususan, ularning oila a’zolari uchun viza masalasida sanksiya joriy etganini ma’lum qildi.