435 bola Sudan mojarosi qurboni
Sudan armiyasi va tezkor harakat kuchlari (maxsus kuchlar) o‘rtasidagi jangovar harakatlar natijasida kamida 435 nafar bola halok bo‘ldi, 2 mingdan ortiq bola jarohatlandi. Ushbu ma’lumot to‘qnashuvning 100-kunida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasi tomonidan e’lon qilingan.
Shuningdek, asl ko‘rsatkich ancha yuqori bo‘lishi mumkinligi ham ta’kidlangan. UNICEF ma’lumotiga ko‘ra, qariyb 14 million voyaga yetmagan bola shoshilinch gumanitar yordamga muhtoj.
O‘zA