2 kilogrammdan ortiq giyohvandlik modda fosh etildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmalari xodimlari hamkorligida To‘rtko‘l tumanida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro boshqa bir shaxsga giyohvandlik moddalarini topshirayotgan vaqtida ushlandi. Keyingi tekshiruvlar davomida avtomobil, yashash xonadoni va boshqa shaxs yonidan jami 2 kilogramm 180 gramm marixuana giyohvandlik moddasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holatlar yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Qonunga zid harakatlar javobsiz qolmaydi.
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish izchil davom ettirilmoqda.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri