Puxta musiqiy ta’lim samaralari
Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 2-bolalar musiqa va san’at maktabida 138 nafar o‘g‘il-qiz tahsil olmoqda.
Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 2-bolalar musiqa va san’at maktabida 138 nafar o‘g‘il-qiz tahsil olmoqda.Prezidentimizning 2008-yil 8-iyulda qabul qilingan "Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida kapital rekonstruksiya qilinib, zamonaviy sharoitlarga ega bo‘lgan ushbu maskanda fortepiano, torli cholg‘ular, an’anaviy xonandalik, tasviriy va amaliy san’at kabi 11 yo‘nalishda samarali mashg‘ulotlar olib borishi uchun barcha imkoniyatlar muhayyo. Maktab o‘quvchilari viloyat va mamlakatimiz miqyosidagi turli festival va ko‘rik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.